“Sohibqiron Amir Temur – Adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida buyuk davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – Adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z so‘zida Amir Temurning jahon tarixidagi beqiyos o‘rni, ulug‘ sarkarda va donishmand davlat arbobi sifatidagi faoliyati, barpo etgan qudratli davlati hamda bugungi yoshlarga qoldirgan boy merosi haqida atroflicha to‘xtaldi. Shuningdek, Temuriylar davrining ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr bildirdi.

 

 

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Unda Sohibqiron hayotining muhim voqealari, uning adolatli siyosati, vatanparvarligi va donishmandligi badiiy ifodalarda aks ettirildi. Shuningdek, Amir Temur qalamiga mansub bo‘lgan o‘git va hikmatlardan namunalar o‘qib eshittirildi.

Tadbirga harbiy orkestrlar va kursantlarning ishtiroki alohida ruh bag‘ishladi. Harbiy chiqishlar orqali yosh avlodga mardlik, jasorat va Vatanga sadoqat kabi fazilatlar targ‘ib qilindi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube