Sportchi qizlar uchun nonushta tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari doirasida ishtirokchilar uchun zarur sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqda.
Erta tongdan musobaqada ishtirok etayotgan sportchi qizlar uchun nonushta tashkil etildi. Mehmonlar uchun iliq va qulay muhitda taqdim etilgan nonushta ularning kunni yaxshi kayfiyatda boshlashiga imkon yaratdi.