“Sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan “Sun’iy intellekt davrida til ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mazkur nufuzli anjuman til ta’limi sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish hamda xalqaro tajriba almashish masalalariga bag‘ishlandi.

Konferensiyada mahalliy va xalqaro muassasalar vakillari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha ekspertlari va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir doirasida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
 • Sun’iy intellekt asosida til o‘rgatish modellari
 • Raqamli ta’lim platformalari, baholash va fidbek mexanizmlari
 • Inklyuziv va gibrid ta’lim formatlarini rivojlantirish
 • Til kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni

Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan tavsiyalar va takliflar til ta’limi tizimini raqamlashtirish va xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Konferensiya yakunida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman til ta’limining istiqboldagi rivojiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube