O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Sun’iy intellekt laboratoriyasi tashabbusi bilan “VAYBKODING – PEDAGOGNING YANGI PROFESSIONAL KOMPETENSIYASI: O‘zDJTU SUN’IY INTELLEKT LABORATORIYASINING VAZIFASI” mavzusidagi tadbir doirasida “United in Cyber: Youth Cup” kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalla yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa jarayonlarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatladi hamda raqamli texnologiyalar va kibersport yo‘nalishidagi tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidladi.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etildi.
