7-aprel sanasida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan adabiy tadbir bo'lib o'tdi.

Oʻzbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumani Samarqand darvoza koʻchasi 35-uy manzilida joylashgan  Abdulla Qodiriy uy-muzeyida adabiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Dasturda shuningdek, adib yashab ijod etgan davrga oid, jumladan uning oʻzi, yaqinlari, yoru doʻstlari  shaxsan foydalangan benazir ashyolar,nodir buyumlar, keyingi yillarda yozuvchi xotirasiga bagʻishlab ishlangan turli sanʼat asarlari,  yosh havaskorlarning yuksak baholangan  ijod namunalarining Kimoshdi savdosi oʻtkazildi

2024-04-09 10-33

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi