25-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari Aeropath Academy asoschisi, O‘zbekiston va Yevropa aviakompaniyalarida bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlagan va Birlashgan Arab Amirliklarining eng mashhur milliy aviakompaniyasiga ishga taklif qilingan tajribali styuardessa, universitet bitiruvchisi Iroda Mamadalieva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar universitetning bitiruvchi styuardessa bo‘lishni orzu qiluvchi talabalar mazkur akademiyada ta’lim olishi bo‘yicha kelishib oldi. Shu orqali yoshlarni aviatsiya sohasida malakali tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari mustahkamlandi.

Uchrashuvda shuningdek:
• Akademiya va universitet o‘rtasida darslar dasturini ishlab chiqish,
• Hamkorlikni memorandum orqali rasmiylashtirish masalalari ham muhokama qilindi.