“Talaba – yugur” musobaqasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari faol ishtirok etdilar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan aprel oyida yurtimiz bo‘ylab umumxalq yugurish harakati – “Talaba – yugur” ommaviy yugurish ligasi o‘tkazildi.

 

 

Jumladan, 2025-yil 12-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan bahorgi mavsum yugurish musobaqasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.

 

 

Musobaqa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari, maktab o‘quvchilari va boshqa ko‘ngillilar ham qatnashdi.

 

 

Yugurish musobaqasida ishtirok etgan universitetimiz yoshlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqish va jamoaviy ruhni oshirish yo‘lida o‘zlarining faolligi bilan ajralib turishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube