TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI, HUQUQIY MADANIYATI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA QARATILGAN UCHRASHUV

TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI, HUQUQIY MADANIYATI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA QARATILGAN UCHRASHUV

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talaba qizlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy madaniyati va psixologik farovonligini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova, profilaktika inspektori M. Nurmuhammedova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev, fakultet IPMBIBM mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Sobirova hamda fakultet tyutorlari A. Bekmurzayeva, Z. Nazarovalar ishtirok etdi.

Suhbat davomida talaba qizlarning milliy va ma’naviy qadriyatlari, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube