TALABALAR BAHORI DOIRASIDA MADANIY MEROS MASKANLARIGA TASHRIF

“Talabalar bahori” umumrespublika festivali doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari uchun Nukus shahridagi muhim madaniy meros maskanlariga tashriflar ham tashkil etildi.

 

 

Xususan, ishtirokchilar Nukusda joylashgan Sovetskiy muzeyi hamda Berdaq nomidagi muzeyga tashrif buyurib, ushbu maskanlarda saqlanayotgan boy tarixiy eksponatlar, nodir asarlar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida tajribali gidlar hamrohligida muzey ekspozitsiyalari bo‘ylab sayohat uyushtirilib, har bir eksponatning yaratilish tarixi, uning ilmiy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar va vakillar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yurtimizning boy tarixi va madaniyati haqida yanada chuqur tasavvurga ega bo‘ldilar.

Mazkur madaniy tashriflar yoshlar qalbida milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirib, tarixiy qadriyatlarni asrab-avaylash g‘oyalarini yanada mustahkamladi.

 

 

 “Talabalar bahori” festivali doirasida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifiy tashabbuslar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube