“Talabalar bahori” festivali ikkinchi kuni sport musobaqalari ruhida davom etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar bahori” festivali doirasida ikkinchi kun dasturidan sport tadbirlari o‘rin oldi.
Festivalda ishtirok etayotgan 10 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari a’zolari o‘rtasida futbol, voleybol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Sport bellashuvlarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va yuqori kayfiyati bilan ajralib turdilar. Sport bellashuvlari do‘stona va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamkorligi hamda sport mahoratini namoyon etish uchun munosib maydon vazifasini o‘tadi.

Musobaqalar davomida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, turli hududlardan tashrif buyurgan yoshlar o‘rtasida yaqin muloqot muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
“Talabalar bahori” festivali doirasidagi sport tadbirlari ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, festivalning ko‘tarinki kayfiyatda davom etishiga xizmat qilmoqda.
