“Talabalar bahori” festivali ishtirokchilari Nukusning tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishdilar
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar bahori” festivali doirasida ishtirokchilar uchun madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi hamda festival ishtirokchilari I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurib, muzey fondida saqlanayotgan noyob durdona san’at asarlari, tarixiy eksponatlar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘lkashunoslik muzeyida bo‘lib, hududning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari va tabiiy boyliklari aks etgan eksponatlarni tomosha qildilar.

Mazkur tashriflar yoshlarning tarixiy xotira va madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ular o‘rtasida madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berdi.