17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida O’zDJTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori V.Sadiyev so'zga chiqib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi. 

Tanlovda, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi teatr arboblari boʻlib boshligʻi, taeatrshunos Tohirjon Doʻstmuhammedov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh mutaxasisi, rejissyor Shorustam Obidov hakam sifatida ishtirok etdi. 

Mazkur musobaqada quyidagi fakultetlar o'z sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi:
• Ingliz filologiyasi fakulteti — "Qor qo'ynidagi lolalar" spektakli;
• Roman-german filologiyasi fakulteti — "Usmon Nosir" spektakli;
• Rus filologiyasi fakulteti — "Chimildiq" spektakli;
• Ingliz tili 2-fakulteti — "Nodirabegim" spektakli.

Ishtirok etgan har bitta fakultetning talabalari o'z rollarini mahorat bilan ijro etishdi hamda tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo'lishdi.

2024-05-18 01-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi