Ta’limdagi hamkorlik: kelajak sari muhim qadam

Ta’limdagi hamkorlik: kelajak sari muhim qadam

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori M. Chutpulatov boshchiligidagi mas’ul xodimlar Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, markazning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlari uchun ajratiladigan xonalar, mavjud moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, universitet va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida qo‘shimcha darslar, mahorat saboqlari va til kurslarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Tomonlar yoshlarning til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim sifatini yuksaltirish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube