Tayinlov

Xalillayev Adilbek Kurambayevich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Adilbek Kurambayevich 2000-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2005-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — lingvistika (ispan tili). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Mehnat faoliyati davomida pedagogik va rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani va dekani o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Ispaniyaning Komplutense de Madrid va Kadis universitetlarida tahsil olgan.

Adilbek Kurambayevichni yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

1996-2000 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

(1999 y.Komplutensiya de Madrid Universiteti talabasi.Ispaniya)

2000-2003 yy. - Beruniy tumanidagi 11-maktab o‘qituvchisi

2003-2005 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi

2005-2012 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ispan tili yuqori kurslar kafedrasi o‘qituvchisi

2012-2013 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ispan tili leksikologiya va stilistikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi

2013-2017 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ispan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

(2016 y.-Kadis universiteti mustaqil izlanuvchi doktoranti.Andalusiya.Ispaniya)

2017-2019 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi dekani muovini

2019-2023 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi fakulteti dekani

2023-2025 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi fakulteti dekani muovini

2025 y.  -  h.v.-   O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Registrator ofisi” boshlig‘i

 

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube