Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar, 2025-yil 1-fevraldan boshlab, u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Yusufjon Azzamov 1988-yil 10-iyulda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2013-yilda Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — lingvistika (ingliz tili). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyati davomida ta’lim tizimida o‘qituvchi, dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekan o‘rinbosari hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yusufjon Radjaboy o‘g‘lini yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
MEHNAT FAOLIYATI
2006–2010 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
2010–2011 yy. — Jomboy yengil sanoat kasb-hunar kolleji ingliz tili o‘qituvchisi.
2011–2013 yy. — Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti, o‘rindoshlik asosida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi, “Kamolot” YoIH institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi.
2013–2015 yy. — Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjimonlik fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2015–2016 yy. — Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2016–2021 yy. — Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2017–2018 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi.
2021–2023 yy. — Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2023–2024 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekan o‘rinbosari.
2024–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i.
2025-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani.