Tayinlov

Norboyev Zafar Abdumuminovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Registrator ofisi” boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasining Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Zafar Norboyev 1988-yil 26-sentyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavriat, 2020-yilda Samarqand davlat chet tillari institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Rus, arab va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati davomida Samarqand davlat chet tillari institutida o‘qituvchi, bo‘lim boshlig‘i va dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida esa Sharq filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari hamda O‘quv-uslubiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Zafar Norboyevga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz.

MEHNAT FAOLIYATI

2013–2015 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti Nazariy tilshunoslik va sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi.

2015–2016 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti Arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.

2016–2018 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti Devonxona bo‘limi boshlig‘i.

2018–2020 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti magistranti.

2018–2021 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti Yaqin Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi.

2021–2023 yy. — Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti dekan o‘rinbosari.

2023–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari.

2025-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube