Tayinlov

Xursanov Nurislom Iskandarovich yangi lavozimga tayinlandi

Xursanov Nurislom Iskandarovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili integrallashgan kursi №2” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Renessans ta’lim universitetining “Xorijiy filologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Nurislom Xursanov 1992-yil 7-mayda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.

Oliy ta’lim tizimida pedagogik va ilmiy faoliyat olib borgan.

Yangi lavozimida Nurislom Xursanovga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2008–2011 yy. — Oltinsoy qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji.

2014–2018 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi (bakalavriat).

2018–2020 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi (magistratura).

2019–2021 yy. — Toshkent shahridagi Puchon universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi.

2020–2023 yy. — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi.

2023–2024 yy. — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Ingliz filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi; Renessans ta’lim universiteti “Pedagogika-filologiya” kafedrasi dotsenti v.b., “Xorijiy filologiya” kafedrasi mudiri v.b.

2023–2026 yy. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti (tashqi o‘rindoshlik asosida).

2022-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi eksperti (ingliz tili).

2024-yil – hozirgi vaqtgacha — Renessans ta’lim universiteti “Xorijiy filologiya” kafedrasi mudiri.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube