Turkiyaga jo‘nab ketayotgan akademik litsey jamoasi bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev bilan birgalikda Turkiyaga yo‘l olayotgan Akademik litsey rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan safar oldi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga xalqaro almashinuv dasturining ahamiyati, uning ta’lim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, rektor tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda bilim va tajriba almashinuvidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Akademik litseyning bir guruh rahbar-xodimlari, o‘qituvchilari va o‘quvchilari 2026-yil 5–12-may kunlari Turkiyaning Bornova Yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan “So‘zlar rangi: til va madaniyat sayohati” mavzusidagi xalqaro dasturda ishtirok etadilar.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga omad tilanib, ularning ushbu safar orqali yangi bilim va tajribalar bilan qaytishlariga ishonch bildirildi.
