Joriy yilning 25-iyun sanasida “Ruipan” xalqaro taʼlim texnologiyalari tashkiloti vakillari hamda OʻzDJTU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Shanxay shahar qurilish kasb-hunar kolleji bilan oʻzaro madaniy almashinuv loyihasi doirasidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda kelajakda turli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, talaba va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Shundan soʻng tashkilot vakillari Sharq filologiyasi fakultetining Xitoy filologiyasi kafedrasi 2 nafar oʻqituvchilari va 8 nafar talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Unda 2024-yil 26-iyundan 11 iyulga qadar Xitoydagi “ Shanxay shahar qurilish kasb-hunar kolleji Campus”ida boʻlib oʻtadigan yozgi oromgoh haqida toʻliq maʼlumot berildi va kerakli tavsiyalar aytib oʻtildi.
Universitetimiz vakillarining ushbu safardan koʻzlangan maqsadi, universitet ilmiy salohiyatini mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, talaba va oʻqituvchilar malakasini oshirish, Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.