3-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, barcha prorektorlar, rahbariyat a’zolari hamda mas’ul vakillar ishtirok etdilar.
Ochilish marosimidan so‘ng rektor boshchiligida rahbariyat vakillari yangi yotoqxonadagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Mazkur turar joy 48 o‘rinli bo‘lib, talabalar uchun qulay yashash sharoitlari, zaruriy jihozlar hamda zamonaviy qulayliklar bilan ta’minlangan.