3-oktyabr kuni O‘zDJTU da 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Unda erkak o‘qituvchilar sportning futbol, ayol o‘qituvchilar esa sportning voleybol turi bo‘yicha kuch sinashdilar.

Qizg‘in bellashuvlarga boy o‘tgan belashuv natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Futbol bo‘yicha (professor-o‘qituvchilar):

1-o‘rin - Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o‘rin - Roman-german filologiyasi fakulteti;
3-o‘rin - Xalqaro jurnalistika fakulteti.

Voleybol bo‘yicha ( ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar):

1-o‘rin - Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o‘rin - Ingliz filologiyasi fakulteti;
3-o‘rin - Roman-german filologiyasi fakulteti.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube