Bugun universitetning barcha talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar uchun ehson oshi tayyorlanib, tortiq etildi.
Ehson oshi Yangi yil bayrami, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda qishki ta’tildan so‘ng talabalar o‘qishga qaytganligi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbir barcha talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarni to‘liq qamrab oldi.
Tadbirda universitet rektori Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbatlashdi, ularning o‘qish va yashash sharoitlariga oid fikr-mulohazalarini tingladi.