Universitetda XXII «Виноградовские чтения» xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Universitetda XXII «Виноградовские чтения» xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 29-sentabr kuni, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida XXII «Виноградовские чтения» xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjuman Toshkent rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari birlashmasi, Rossotrudnichestvoning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi.

 



Ilmiy anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M. Tuxtasinov, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi A.V. Yerxov, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari I.A. Staroselskaya, O‘zbekiston Rus madaniyat markazi raisi S.A. Mironov ishtirok etdilar.

Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining taniqli olimlari zamonaviy adabiy jarayon, lingvokulturologiya, rus tilida so‘z yasalishi, badiiy tarjima hamda rus tilini o‘qitishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

 


Anjuman doirasida uchta asosiy ilmiy yo‘nalish bo‘yicha sho‘ba majlislari faoliyat olib bordi:
 “Rus tili zamonaviy madaniyatlararo kommunikatsiya sharoitida”
 “Rus adabiy jarayoni zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari kontekstida”
 “Rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi va metodologiyasi: innovatsiyalar va istiqbollar”
Mazkur xalqaro ilmiy anjuman filologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va ta’lim metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy fikr almashish, ilg‘or tajribalarni muhokama qilish hamda olimlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ilmiy maydon bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube