Joriy yilning 18-noyabr kuni O’zDJTU ga qarashli 2-sonli talabalar turar joyida “Uyali telefonlardan qachon va qayerda foydalanish” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi F.Maxmanazarova tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida talabalarning OTM hududida mavjud ichki Nizomga hurmat hissi kuchayadi. Darslar mobaynida uyali telefonlardan foydalanmaslik va fakultet hududiga qadam qo‘yilganda uyali telefonlarni ovozsiz rejimga o‘tkazish va dars mobaynida ishlatmaslikka erishiladi.
Mazkur targ'ibot tadbiri "Uyali telefonlardan qachon va qayerda foydalanish" bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.