Vazir universitet infratuzilmalari bilan tanishdi

9-aprel kuni “Vazir va yoshlar” uchrashuvi keyin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari bilan birga universitet infratuzilmalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir talabalarga mo‘ljallangan turar joylar va oshxonalarni ko‘zdan kechirib, shuningdek, yangi tashkil etilgan “Sun’iy intellekt va kiber sport” majmuasi hamda boshqa zamonaviy inshootlar bilan tanishdi. Bu orqali u universitetda talabalarga yaratilgan qulay sharoitlar, ta’lim va sport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu tashrif orqali talaba-yoshlarning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantirish, ilmiy va akademik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube