Xabaringiz bor, 2023 yil 9-10 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining 16-uchrashuvi” boʻlib oʻtadi. Yuqori darajadagi mazkur uchrashuvda ishtirok etib, tarjimonlik qilishi uchun  Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidan ingliz va rus tillarini mukammal biladigan 160 nafar tajribali oʻqituvchi va magistr tanlab olingan. 

Universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov bugun mazkur volontyor ishtirokchilar bilan uchrashuv oʻtqizib, ularga quyidagi tavsiyalarni berib oʻtdi:

- Siz tarjimonlar bilan Vazirlar mahkamasida ham yigʻilishlar boʻlib oʻtadi. Barcha seminar va yigʻilishlarga kechikmasdan, oʻz vaqtida borishingiz, kiyinish va muloqot madaniyatiga qatʼiy amal qilishingiz kerak;

- Xorijlik mehmonlar bilan boʻladigan sayohatlar davomida ular tomonidan tarixiy va diqqatga sazovor boʻlgan joylar haqida savollar berib qolinishi mumkin. Ehtimoliy savollarga tayyor turing;

- Sizga ajratiladigan avtomashina va biriktirilgan rahbar-xodimlarning telefon raqamini saqlab oling va doim aloqada boʻlib turing;

Eng asosiysi hech qachon, hech bir joyga kech qolmang, uzrli sabablar boʻlsa, masʼul shaxslarni oldindan ogohlantiring.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube