Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20 sentyabrdagi  03-RA 211-2654/37-son topshirig‘iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10-oktabrdagi  685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26-oktabr kunlari "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya  qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida"  mavzusida  xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan hamkorlik haftaligi doirasida  "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya  qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida"  mavzusida  xalqaro konferensiyaga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining hamkori Jazoir-2 universiteti rektori Said Raxmani hamda Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti prorektori Buribayeva Maynura Abiltayevna ham taklif etilgan. Kunning ikkinchi yarmida mazkur universitet rektor hamda prorektorlari bilan O‘zDJTU uchrashuv tashkil etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube