Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov hamda Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev Janubiy Koreyaning Jeju provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan O‘rta Osiyo va Mo‘g‘uliston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida Memorandum imzolash marosimi va amaliy seminarlarda ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir Jeju Milliy Universitetida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buyuk Ipak Yo‘li Turizm universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti, Tojikistonning Xujand Politexnika instituti, Mo‘g‘uliston Parlamenti a’zolari hamda 4 ta oliy ta’lim tashkiloti qatnashmoqda.
Amaliy seminarlar doirasida oliy ta’lim tizimining rivojlanish strategiyalari, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim jarayoni va xorijiy tillarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda.
Shuningdek, Jeju shahrida joylashgan boshqa ta’lim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurilib, maktab, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi konsepsiyasi bilan yaqindan tanishilmoqda.
