Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Kuni kecha Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tomonidan yana bir muhim va strategik tashabbus amalga oshirildi. Kafedra Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — “Universitas Muhammadiyah”, “State Islamic University SMH Banten” hamda “Universitas Medan Area” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumlarini rasman imzoladi.

Mazkur xalqaro kelishuvlarning dastlabki amaliy natijalari ham uzoq kuttirmadi. Memorandum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan indoneziyalik vakillar va mehmonlar kafedra jamoasi tomonidan yuqori saviyada kutib olindi.

 



Kafedra mudiri P. Omanov, Ingliz tili 3-fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X. Shomuxammadov hamda katta o‘qituvchilar F. Mannonova va Z. Ismailova hammuallifligida tashkil etilgan xalqaro “Trip Camp” loyihasi doirasida 20–25-may kunlari mehmonlar uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar uyushtirildi.

Mehmonlar zamonaviy Toshkent, muhtasham Samarqand hamda islom madaniyati durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shaharlarining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma xalqaro tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kafedra jamoasini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va xalqaro maydondagi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!

 


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube