Xalqaro ilmiy-amaliy seminar
2026-yil 24-aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminar yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Seminar mehmon spikeri, Litva Sport Universiteti dotsenti, xalqaro ekspert Inga Staškevičiūtė-Butienė ishtirokchilarga o‘zining 15 yillik tajribasiga asoslangan chuqur va amaliy bilimlarni taqdim etdi.
Seminar davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— Scopus bazasidagi jurnallarni to‘g‘ri tanlash va “predatory journals”dan saqlanish strategiyalari;
— Ilmiy maqola yozishda IMRAD (Introduction, Methods, Results, Discussion) strukturasi va akademik yozuv standartlari;
— Erasmus+ loyihalariga ariza topshirish bosqichlari va grant yutish strategiyalari;
— Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda networking, akademik mobilitet va hamkor universitetlar bilan ishlash mexanizmlari;
— Ilmiy faoliyatda shaxsiy brend yaratish (Google Scholar, ORCID, Scopus profillarini rivojlantirish).
Tadbir yakunida xalqaro ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalar tashkil etish hamda akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Inga Staškevičiūtė-Butienė ning kelgusida tashrif buyurishi rejalashtirildi.
Mazkur seminar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.