Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida rektor va professor-o’qituvchilar uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To’xtasinov professor-o’qituvchilarga universitetda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, xususan, 6 muhim masalani sanab o’tdi: ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yish, moddiy texnik bazani mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash.
Professor-o’qituvchilarning ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan, yangicha metodikalardan foydalanishi, talabalar bilimini baholash jarayonida haqqoniy bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani Amrullo Karimov Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldi. Professor-o’qituvchilarning sohada erishayotgan yutuqlarini e’tirof etdi.