2025-yil 9-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari 2-kafedrasi, Urganch davlat universiteti hamda Indoneziyaning Gunadarma universiteti ishtirokida “Research innovations across pedagogy, linguistic and cultural studies” mavzusida kengaytirilgan xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda nafaqat kafedraning ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilari, balki Ingliz tili 2-fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich bilan birgalikda xorij va O‘zbekiston sharoitida oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari, shuningdek, ilmiy daraja olish masalalari muhokama qilindi. Vebinar davomida hamkor universitetlar tomonidan xorijda ilmiy daraja olish, ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu kabi tadbirlar fakultetimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida ilmiy muhitni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etmoqda.