Xitoy Xalq Respublikasida uchrashuvlar

2025-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev XXRning Xian va Chengdu shaharlariga tashrif buyurdi.

 

 

Safar davomida ushbu shaharlarning maktab, kollej va universitet rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, xorijiy talabalarni O‘zDJTUga jalb etish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi va o‘zaro fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zbek va xitoy talabalariga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube