15-iyun kuni Xitoylik Li Du xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Unda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov OʻzDJTU faoliyati, xitoy tilining oʻqitilishi va hamkorlik aloqalari haqida maʼlumot berib oʻtdi. 

Li xonim Xitoylik yoshlarni universitetimizga va litseyimizga jalb qilish, yozgi lagerlar tashkil qilish, talabalarimiz uchun grantlar ajratish, xitoylik mehnat migrantlari uchun til kurslarini tashkil qilish masalalarida hamkorlik qilish takliflarini berdi. 

Shundan soʻng Li xonim universitet rektori I. Tuxtasinov bilan uchrashib, taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.

2024-06-24 02-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi