Xorijiy professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan xorijiy OTMlar professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

 

Mazkur kurslar doirasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasi OTMlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kurs yakunida tinglovchilarga belgilangan talablar asosida sertifikatlar topshirildi.

Taqdirlash marosimida attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Nasirov Abduraxim Abdimutalipovich hamda universitetning sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabayev Maxmudjon Rustamovich ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur kurslarning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, pedagog kadrlarning kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, ilmiy yondashuvi va amaliy natijalari yuqori baholandi.

 

 

Mazkur tashabbus ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda zamonaviy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlarni tayyorlashda muhim bosqich bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube