Xorijlik talabalar ishtirokida Milliy qadriyatlar ko’rgazmasi tashkil etildi

 

16-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar uchun milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan milliy kulolchilik buyumlarini keng targ‘ib qilish va ularning betakror go‘zalligini yetkazish maqsadida “Milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

 

Ko‘rgazma doirasida talabalarga milliy kulolchilik san’ati, loy bilan ishlashning nozik sir-asrorlari hamda milliy naqshlar haqida mahoratli ustozlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida talabalar milliy hunarmandchilikning boy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube