Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik: talabalar uchun hostel sig‘imi kengaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-son Qarori ijrosini ta’minlash, 2025/2026-o‘quv yilini munosib boshlash hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlashning shaffof va samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda
Mazkur hujjatga muvofiq, joriy yilning 1-avgustidan 10-sentyabriga qadar oliy ta’lim muassasalarida “Dolzarb qirq kunlik” e’lon qilingan bo‘lib, ushbu davrda talabalarni o‘quv yilining dastlabki kunlarida turar joy bilan tezkor ta’minlash choralari belgilangan.

 

 

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan o‘tgan o‘quv yilida xususiy sektor bilan hamkorlikda universitetga yaqin hududda barcha zarur sharoitlarga ega 100 o‘rinli zamonaviy hostel tashkil etilgan edi.

 Joriy yilda esa mazkur hostel sig‘imini 200 o‘ringa yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu talabalar uchun yanada kengroq yashash imkoniyatini yaratadi. Yotoqxona barcha qulayliklar – o‘quv va dam olish xonalari, yuqori tezlikdagi internet, issiq va sovuq suv ta’minoti, yong‘in xavfsizligi tizimi, gigiyenik holatlar va boshqa zarur infratuzilmalar bilan jihozlangan.

 


 
Tayyorlov ishlari jarayonini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi mas’ul xodimlar bevosita ko‘zdan kechirdilar. Rektor mavjud infratuzilmaning kengaytirilishi talabalarning ijtimoiy farovonligi va ta’lim sifati uchun muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Universitet rahbariyati hostelni tashkil etish va kengaytirishda faol hamkorlik qilgan xususiy tadbirkorga minnatdorchilik bildiradi. Bunday davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube