“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 5-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning respublika final bosqichi tantanali ravishda ochildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ham ishtirok etdi.
Marosim davomida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, badiiy chiqishlar, sport namoyishlari va konsert dasturi tashkil etildi.
11-iyunga qadar davom etadigan musobaqalarda respublikamizning eng kuchli talaba-sportchilari turli sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
Mazkur olimpiadaning final bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etadilar.
2026-06-08 11-44