Yaponiyaning Azibiz va Oukaway rekruting kompaniyalari vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Azibiz rekruting agentligi mintaqaviy loyiha menejeri Takai Kenta hamda Oukaway bandlik agentligi direktori Madimarov Abrorjon ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Xamidova ishtirok etdi.
Shundan so‘ng universitet videoroligi namoyish etildi hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov tomonidan universitet faoliyati, erishilgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va tillarni o‘qitish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalarida talabalar uchun ish haqi to‘lanadigan amaliyot dasturlari, yapon tilini N4 dan N2 darajasigacha rivojlantirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, kelgusida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.