Yevropa Ittifoqi-Oʻzbekiston: Qoʻshma tadqiqot salohiyatini rivojlantirish — YEI Hamkorlik kuni oʻtkazildi

12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yevropa Ittifoqi-Oʻzbekiston: Qoʻshma tadqiqot salohiyatini rivojlantirish — YEI Hamkorlik kuni” konferensiyasi oʻtkazildi. 

Dasturda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidan vakil sifatida Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Bekzod Nishanaliyev ham ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etiladigan ilmiy grantlar, qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish mexanizmlari batafsil tushuntirildi. Mutaxassislar Horizon Europe va Marie Curie dasturlariga ariza topshirish, grant olish, loyiha yuritish uchun zarur amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar.
 
Konferensiyaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi ilmiy jamoalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma tadqiqotlarni kengaytirish, akademik almashuv va ilmiy mobillikni rivojlantirishdan iboratdir. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube