“Youth Globe” agentligi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Youth Globe” agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Youth Globe” agentligi direktori Sherzod Eshmurodov hamda direktor o‘rinbosari Aziz Ismoilov ishtirok etdi. Universitet tomonidan rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev va bo‘lim yetakchi mutaxassisi K. Alimova qatnashdi.

Uchrashuv davomida talabalarni xorijda ishga joylashtirish imkoniyatlari, “Work and Travel” dasturi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma imzolandi. Mazkur hamkorlik talabalarning xalqaro dasturlarda ishtirok etishi va xorijiy tajriba orttirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.