29-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada tashkil etish jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Mazkur jarayonda Toshkent xalqaro aeroportida tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish vazifalarini bajarishda qatnashgan 33 nafar talaba munosib e’tirof etildi. Ularning mas’uliyati va faolligi tadbirni samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Talabalar Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov tomonidan YUNESKO tashkiloti direktorining o‘rinbosari M. Xing Qu imzolagan sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda ularga kelgusidagi o‘qish va jamoatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
