Yunus Emre Instituti bilan uchrashuv tashkil etildi

2026-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Moydinova, kafedra katta o‘qituvchisi D. Axmedjanova, kafedra volontyor-o‘qituvchisi Muhammad Ikbal Guler hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining Turk tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 7 nafar talaba Turkiya Respublikasi Yunus Emre institutining O‘zbekistondagi vakili Ahmet O‘zkan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Yunus Emre instituti tomonidan amalga oshirilayotgan akademik hamkorlik va xalqaro ta’lim dasturlari doirasida Turkiyaning Anqara shahrida grant asosida tahsil olgan talabalarga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Talabalar xorijdagi ta’lim jarayonida orttirgan bilim va tajribalari, ushbu dastur ularning kasbiy shakllanishida tutgan o‘rni hamda erishilgan yutuqlar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, Turkiyada qo‘llanilayotgan ayrim zamonaviy o‘qitish metodlarini mahalliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv o‘zaro qiziqarli va mazmunli muloqot ruhida yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube