“YURAK VA MIYA SALOMATLIGI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

“YURAK VA MIYA SALOMATLIGI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

2026-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kechki va sirtqi ta’lim fakultetining 4-bosqich talabalari uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Universitetning tibbiyot bo‘yicha mutaxassisi Mirzayeva Farangiz tomonidan “Yurak va miya salomatligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari, ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, shuningdek, infarkt va insult alomatlarini erta aniqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbirda Kechki va sirtqi ta’lim fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda tьютorlar ham ishtirok etdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube