Xaridlar bilan ishlash va taʼminot boʻlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarkibiy tuzilmasi boʻlib, amaldagi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari hamda Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari, shuningdek, mazkur nizom asosida oʻz faoliyatini tashkil etadi.

Boʻlimning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
- Xaridlari sohasidagi munosabatlarni amalga oshirish, nazorat qilish, tartibga solish va tashkil etish;
- Xaridlari sohasida ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi taʼminlash;
- Xaridlarni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga amal kilish;
- Xaridlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuviga yul kuyilmasligining barcha choralarini koʻrish;
- Xaridlarni amalga oshirishda xarajatlarini va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatini mutonosibligini taʼminlash;
- Xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan, oqilona va tejamkor usulini tashkil etish;
- Xaridlari boʻyicha amalga oshirilgan bitimlar va shartnomalarning monitoringini olib oshirish;
- Tovarlarning bozordagi mavqeini oʻrganish, uning narxi, sifat va talabga muvofiqligini tahlil qilish;
- Tovar moddiy boyliklarni qabul qilib olish, saqlash va joy-joyiga berish, ularni universitet hududida oqilona joylashtirish, saqlash qoidalariga rioya etish borasidagi ishlarni amalga oshirish.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube