SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI

Sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar davlat va jamiyat hayotini teran anglaydigan, ijtimoiy jihatdan faol va siyosiy bilim hamda kо‘nikmalarga ega yosh kadrlarga bо‘lgan talabni oshirmoqda. Aynan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2019-yil 29-yanvardagi PQ-4139-son “Siyosiy fanlar sohasida kadrlar tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorining amaliy ijrosi sifatida 2022-2023 о‘quv yilida О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 60310100–Siyosatshunoslik, 2023-2024 о‘quv yilidan esa 60310200–Xalqaro munosabatlar va  60310400–Sotsiologiya bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari tashkil etildi. Ushbu yangi ta’lim yо‘nalishlari talabalarda siyosiy hodisa va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish, siyosiy ong va madaniyatni oshirish, davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalari hamda zamonaviy xalqaro munosabatlar haqida tizimli bilimlarini shakllantirishga yordam bermoqda.

2024-yilning 29-avgustidagi О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kengashining 1-son bayonnomasi va 2024 yil 30 avgustdagi universitet rektorining 3561-son buyrug‘iga asosan “Siyosiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra mudiri – Saidov Sanjar Shavkatovich

Tel: +998914229774

E-mail: s.saidov.uz@gmail.com

 

Siyosiy fanlar kafedrasida 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan asosiy shtatda 14 nafar, ichki o‘rindosh 3 nafar, tashqi o‘rindosh 8 nafarni tashkil etadi. Kafedra tarkibida fan doktorlari (DSc) 5 nafar, fan nomzodlari (PhD) 12 nafar, professor 2 nafar, dotsent 10 nafarni tashkil etadi. Kafedraning umumiy ilmiy salohiyati – 68 foiz bo’lib, o‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha yoshi 45 yosh.

Siyosiy fanlar kafedrasi o‘z tarkibiga 3 ta bakalavriat yo‘nalishini qamrab oladi:

60310100–Siyosatshunoslik.

60310200–Xalqaro munosabatlar.

60310400–Sotsiologiya.

Siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan o‘tiladigan fanlar: “Siyosatshunoslikka kirish”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy  madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konstitutsiya”, “Davlat va huquq  nazariyasi”,  “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”,  “Amaliy siyosatshunoslik”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Kratologiya”,  “Partologiya”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari’, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”, “Jahon siyosati”, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Davlat xizmatchisi etikasi va imidji”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bamdlik sotsiologiyasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi”, “Ta’lim sotsiologiyasi”, “Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor’, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O‘zbekiston tashqi munosabatining huquqiy asoslari’, “Xalqaro mintaqashunoslik”, “Diplomatik xizmat, protokol va etiket”.

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot: “Siyosiy fanlar” kafedrasi mamlakatimizdagi turli davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, OAVlari bilan keng hamkorlik aloqalariga ega. Shuningdek, “Siyosiy fanlar” kafedrasi ijtimoiy-siyosiy fanlarni о‘qitish, ilmiy va fundamental tadqiqotlarni olib borish borasida Shvetsiyaning Lund universiteti, Fransiyaning Sciences Po instituti, Yaponiyaning Nagoya va Sukuba universitlari, Turkiyaning Marmara universiteti, Rossiyaning Janubiy federal universiteti kabi xorijiy hamkorlik tarmog‘iga ega.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube