SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI
Kafedra mudiri – Saidov Sanjar Shavkatovich
Tel: +998914229774
E-mail: s.saidov.uz@gmail.com
“Siyosiy fanlar” kafedrasi 2024 yil, 4-sentabrda …. buyrug’i asosida tashkil etilgan.
“Siyosiy fanlar” kafedrasida 21 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan asosiy shtatda 13 nafar, ichki o‘rindosh 2 nafar, tashqi o‘rindosh 7 nafarni tashkil etadi. Kafedra tarkibida 5 nafar fan doktorlari (DSc), 9 nafar fan nomzodlari (PhD), 3 nafar professor, dotsent 7 nafarni tashkil etadi. Kafedraning umumiy ilmiy salohiyati – 68 foiz bo’lib, o‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha yoshi 39 yosh.
Kafedra mudiri Siyosiy fanlar doktori (DSc), v.b.professor Saidov Sanjar Shavkatovich 1985 yil 15 noyabrda Xorazm viloyatida tug’ilgan. “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko’krak nishoni sohibi. O’zXDP a’zosi. “Fuqarolik jamiyati (O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi)” va “Davlat xizmati va personal boshqaruv” nomli nomli o’quv qo’llanma, “Siyosatshunoslikka kirish (jadval va chizmalarda)” o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi.
Kafedra o’qituvchi-professorlaridan Saidov Sanjar Shavkatovich O’zMU huzuridagi malaka oshirish markazida Siyosatshunoslik yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash kursida ta’lim olgan;
Agabayev Sharaf Kuranbay o’g’li O’zMU huzuridagi malaka oshirish markazida Siyosatshunoslik yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash kursida ta’lim olgan. Agabayev Sh.K. “Globallashuv va barqaror taraqqiyot” nomli o’quv qo’llanma va “Jamiyat barqarorligi va yoshlarning siyosiy tolerantligi” nomli monografiya muallifi.
Muitov Davron Sobirovich O’zMU huzuridagi malaka oshirish markazida Geosiyosat va Jahon siyosati yo’nalishlari bo’yicha qayta tayyorlash kursida ta’lim olgan. Muitov D.S. “Geopolitik muammolarning jurnalistik tahlili” nomli o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.
Bundan tashqari, kafedra o’qituvchi-professorlari mmuntazam ravishda OAK ro’yxatiga kiritilgan mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarda, yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda, Web of Science, Scopus jurnallarida ilmiy maqolalar, shuningdek, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda tezislar bilan chiqishlar qilib borishadi. Jumladan, “O’zMU xabarlari” jurnalida kafedra stajyor-o’qituvchisi M.Maxmanazarovaning “Inclusion as a social phenomenon in world history and modern Uzbekistan” nomli maqolasi, “American Journal Of Social Sciences And Humanity Research” jurnalida “Reducing the consequences of climate change: an international and local experience” nomli maqolasi, kafedra o’qituvchisi Sh.Jo’rayevaning “International scientific innovation research conference” nomli konferensiya (Italiya) to’plamida “O‘zbekistonda plastik chiqindilarni inventarizatsiya qilish: natijalar, muammolar va tavsiyalar” nomli tezislari chop etilgan. Kafedra katta oqituvchisi F.Davronovaning “Ilm-fan hamda ma’naviy-ma’rifiy sohani yuksaltirishda xotin-qizlarning oʻrni: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to’plamida “Xotin-qizlarning davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rni: barqarorlik, hamkorlik va hamjihatlik masalalari” mavzusida tezisi chop etilgan. Stajyor-o’qituvchi M.Nizamovaning “Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim oluvchilarni kasbga yo'naltirish: muammolar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy “Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim va kasbiy mahorat rivoji” nomli tezisi chop etilgan. Kafedra katta o’qituvchisi G.Umarovaning “American Journal Of Social Sciences And Humanity Research” jurnalida “Mahalla — the Factor of Civil Society ” nomli maqolalari chop etilgan.
Siyosiy fanlar kafedrasi O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedra mazkur fakultetning 60310100-Siyosatshunoslik, 60310200-Xalqaro munosabatlar, 60310400-Sotsiologiya ta’lim yo’nalishlari (kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakli) talabalari uchun “Siyosatshunoslikka kirish”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konsitutsiya”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”, “Amaliy siyosatshunoslik”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Kratologiya”, “Partologiya”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari”, “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”, “Siyosiy texnologiyalar”, “Jahon siyosati”, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Davlat xizmatchisi etikasi va imidji”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bandlik sotsiologiyasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi”, “Ta’lim sotsiologiyasi”, “Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor”, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O’zbekiston tashqi siysosatining huquqiy asoslari”, “Xalqaro munosabatlar nazariyasi”, “Siyosiy psixologiya”, “Xalqaro mintaqashunoslik”, “Diplomatik muzokaralar”, “Diplomatik xizmat, protokol va etiket”, “Xalqaro huquq” fanlari singari fanlardan dars berish, shuningdek o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga xulosalar tayyorlash;
- Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muhokamasini talab darajasida o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- Talabalar malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, Respublika talabalar fan olimpiadalari va tanlovlarida, shu jumladan “Prezident stipendiyasi” va boshqa nomdor stipendiya tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;
- Kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish, masofali o‘qitish jarayonlarini rivojlantirish;
- Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertasiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining meyor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibidan ishtirok etish;
- Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
- O‘zDJTU bitiruvchilari hamda mazkur kafedra mustaqil-tadqiqotchi va doktoranti bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
- Xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi inovasion hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- Talabalar qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli vafoydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- Universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.
- da, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Jumladan, o’tgan yilning dekabr oyida R.B.Suleymenov (Qozog’iston) nomidagi Sharqshunoslik institute bosh ilmiy xodimi, professor Erkin Ulanovich Baydarov tomonidan “Qozog’iston-Xitoy munosabatlari kontekstida Qozog’istonda Xitoyshunoslik” mavzusida ma’ruza tashkil etildi. UNICEF va “Siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan “U-report” ma’ruzasi tashkil etilgan.
Bundan tashqari, talabalarning o’qishdan tashqari vaqtlarini maroqli o’tkazish maqsadida kafedra ustozlari tomonidan muntazam turli ekskursiya va madaniy tadbirlar tashkkil etib boriladi. Jumladan, fakultetda talabalar ishtirokida osh musobaqasi tashkil etilgan. Abdulla Qodiriy uy muzeyiga, “Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi”, Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasiga,, “Hazrati Imom majmuasi” kabilarga talabalarf ekskursiyalari tashkil etilgan.
Kafedra tarkibida Xalqaro munosabatlar, Siyosatshunoslik hamda Sotsiologiya ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun “Konsensus”, “Yosh siyosiy liderlar” hamda “Sotsium” nomli ilmiy to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan.