28-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo'lib o'tdi.
Ilmiy seminar yig'ilishida tadqiqotchi Safixodjayeva Nodira Nabiyevnaning 07.00.01 - O'zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha "Farg'ona vodiysidagi Mehribonlik uylarining faoliyati tarixi” (1991-2021yillar) mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa foktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o'z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so'z yuritib, ilmiy seminar a'zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.