15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bakirova Xilolaxon Botiraliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tili darslarida bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Offlayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tgan dissertatsiya himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra Bakirova Xilola Botiraliyevna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib topildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube