“Giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash” oyligi doirasida profilaktik suhbat o‘tkazildi

2026-yil boshida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar orasida giyohvandlik illatini oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va huquqiy ongni oshirish maqsadida profilaktik suhbat bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib, talabalarni sog‘lom turmush tarziga, bilim olishga va maqsadli faoliyatga ruhlantirish zarurligini ta’kidladi. U shuningdek, bunday tadbirlar yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Asosiy ma’ruza so‘zini Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti giyohvandlikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Rasulov Saidazim Saidabbosovich olib bordi. U giyohvandlik va psixotrop moddalar oqibatlari, ularning yoshlar hayotiga ta’siri va bunday illatni oldini olish zaruriyati haqida gapirdi. Podpolkovnik, shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy choralar va ijtimoiy himoya mexanizmlari haqida ham ma’lumot berdi.

Tadbir davomida talabalar va ishtirokchilar o‘z savollarini berib, muhokama qildilar, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini tushunish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga oid bilimlarini mustahkamlashdi.

Ushbu tadbir “Giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash” oyligi doirasida universitetda yoshlar bilan ishlash tizimi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi profilaktik-ma’rifiy ishlarning muhim qismi sifatida o‘tkazildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube